1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish kunning ikkinchi yarmidan boshlanadi

Ayni vaqtda qabul parametrlarini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish kunning ikkinchi yarmidan boshlanadi

 

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berishicha, 2023/2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali bugun, 20 iyunda kunning ikkinchi yarmida boshlanadi. 

 

«Ayni vaqtda 2023/2024 o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda», — deyiladi agentlik xabarida.

 

Maʼlumot uchun, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика