1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Abramovich urushdan oldin boyligining katta qismini farzandlariga o‘tkazib bergan

Oligarx YEI, Kanada va Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida qolmoqda.

Abramovich urushdan oldin boyligining katta qismini farzandlariga o‘tkazib bergan

 

Rossiyalik oligarx Roman Abramovich Ukraina urushidan sal oldin o‘zining 10 ta maxfiy ofshorlarini 7 nafar farzandi nomiga o‘tkazib bergan. Bu uning sanksiyalar ostiga tushishidan oldin, 2022 yil fevralining dastlabki kunlarida amalga oshirilgan.

 

Urushga 3 hafta qolganda milliarderning 4 milliard dollar boyligi rasmiy egalari o‘zgargan. Biznesmenning barcha farzandlari Rossiya fuqarolari hisoblanadi, ularning eng kichigi 9 yoshda.

 

Boyliklarning rasmiy egasi o‘zgargani Abramovich aktivlarining katta qismi musodara qilinishining oldini olishi mumkin.

 

10 ta fonddan tashqari oligarxning farzandlari yaxta, vertolyot va samolyotlarga ham egalik qilishi mumkin.

 

Roman Abramovichga nisbatan Yevroittifoq, Buyuk Britaniya va Kanada sanksiya joriy etgan. Uning o‘zi Kreml bilan aloqalarini rad etib keladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика