Chilonzor tumani IIOFMB va tuman FVB mutasaddilarining maʼlumot berishicha, bugun, 27-oktabr kuni taxminan soat 06:52 larda «Toshkent savdo markazi» hududida joylashgan ko‘p qavatli avtoturargohning 5-qavatida A.B.ga tegishli Orlando rusumli avtoulovining dvigatel qismida texnik nosozlik sababli qisqa tutashuv bo‘lgan. Oqibatda avtoulov kapot ostidagi elektr simlarida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in «Toshkent savdo markazi» Yong‘in xavfsizligini taʼminlash xodimlari tomonidan soat 07:10 larda to‘liq bartaraf etilgan.
Oqibatda hech kim jabrlanmagan. Bino va atrofdagi boshqa avtoulovlarga ham zazar yetmagani aytilmoqda.
Tuman FVB masʼullari xabariga ko'ra, mazkur yong‘in haqida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushmagan. Hozirda tuman FVB tomonidan avtoturargohda yong‘in sabablari va yong‘in xavfsizligi holatlari tekshirilmoqda.


