1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Abxaziya prezidenti muxolifat bosimi ostida isteʼfoga chiqdi

Namoyishchilar egallab olingan hukumat binolarini ozod qilmasa, Aslan Bjaniya isteʼfosini qaytarib olmoqchi.

Abxaziya prezidenti muxolifat bosimi ostida isteʼfoga chiqdi

"Mamlakatda barqarorlik va konstitutsiyaviy tuzumni saqlash maqsadida, Abxaziya Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq, men Abxaziya Respublikasi prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqishiman", — deyiladi Bjaniya tomonidan Abxaziya parlamenti spikeriga yo‘llangan maktubda.

 

 

Interfaks” agentligi xabariga ko‘ra, prezident vazifasini vitse-prezident Badra Gunba, bosh vazir vazifasini esa avvalroq ushbu lavozimni egallab kelgan Valeriy Bganba bajaradi.

 

Abxaziya poytaxtida tartibsizliklar bir hafta oldin boshlangan edi. Buning sababi, rasmiylarning Rossiya bilan yangi investitsiya shartnomasini qabul qilish niyati edi. Mahalliy aholining ko‘pchiligi rus biznesining kengayishi ularni turizmdan tushadigan daromaddan mahrum qilishi mumkinligidan norozi bo‘lishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика