1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Adliya vaziri 92 ta mahalliy davlat funksiyasini keraksiz deb topdi

Toshqulov davlat organlari funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish davom etayotganini, ayrimlari xususiy sektorga o‘tkazilishi belgilanganini ma’lum qildi.

Adliya vaziri 92 ta mahalliy davlat funksiyasini keraksiz deb topdi

12-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda adliya vaziri Akbar Toshqulov davlat organlari funksiyalari bo‘yicha olib borilayotgan xatlov natijalari haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy davlat organlarining 500 ga yaqin funksiyasi o‘rganilib, shundan 92 tasi keraksiz deb topilgan. Hukumatga ularni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritilgan.

 

Deputat Zuhriddin Mavlonovning qayd etishicha, 2030-yilga qadar 300 ga yaqin davlat funksiyalari xususiy sektorga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, biroq hozircha atigi 11 ta funksiya bo‘yicha xulosa qilingan. Shu bois ayrim deputatlar jarayonning sekin kechayotganidan xavotir bildirishdi.

 

Akbar Toshqulov esa bu boradagi ishlar jadal olib borilayotganini ta’kidladi. Masalan, Qishloq xo‘jaligi vazirligida 17 ta funksiya takrorlanuvchi yoki moliyaviy resurssiz bo‘lgani uchun xususiy sektorga o‘tkazilishi lozim, deya qayd etdi. Shuningdek, sport sohasidagi vazifalar ham qayta ko‘rib chiqilayotgani aytildi.

 

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yig‘ilishda qo‘shimcha qilib, 27 ta yo‘nalish bo‘yicha davlat funksiyalarini xususiy sektorga topshirish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика