1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Adliya vazirligi “Adliya mobile” ilovasini ishlab chiqdi

Bu fuqarolar uchun qator qulayliklar yaratadi.

Adliya vazirligi “Adliya mobile” ilovasini ishlab chiqdi

 

Butun dunyo raqamlashish sayin qadam tashlayotgan bir vaqtda, mamlakatimizda ham fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarni soddalashtirish, qog‘ozbozlikdan voz kechish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni raqamlashtirish sohalarida muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Adliya vazirligi ham bu boradagi ishlarni davom ettirgan holda “Adliya mobile” ilovasini ishlab chiqdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

 

Mobil ilovaning maqsadi:

axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholi va adliya organlari o‘rtasida samarali aloqa o‘rnatish, mobil qurilmalar orqali yuridik va davlat xizmatlarini ko‘rsatilish, mobil ilova yordamida davlat xizmatlarni elektron shaklda olish imkoniyatini yaratishdan iborat.

 

Mobil ilovaning qulayligi:

- Davlat xizmatlaridan mobil ilovalar orqali elektron foydalanish imkoniyati yaratiladi;

- mobil ilova Yagona interaktiv xizmatlari hamda zarur hollarda to‘lov tizimlari bilan ham integratsiya qilinadi;

- mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida turli xil so‘rovnomalar o‘tkaziladi;

- mobil ilova foydalanuvchisi davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanishlari bo‘yicha o‘z fikrlarini qoldirish, baholash imkoniyati yaratiladi va boshqalar.

Shuningdek, fuqarolar mobil ilova orqali Adliya adliya organlari va muassasalari hamda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, ularning turlari bo‘yicha ham xabardor bo‘lishi mumkin.

 

Mobil ilovada:

- adliya organlari va muassasalarining manzili (google karta orqali belgilash orqali), telefon raqami, elektron pochta manzili;

- rahbariyat va ularning qabul kunlari va murojaat yo‘llash;

- hujjat holatini tekshirish, qonunchilikdagi yangiliklar, notarial idoralar ro‘yxati (notarius F.I.Sh, telefon raqami, manzili (geolokatsiya);

- ish vaqti, qabulga yozilish, kalkulyator, navbat olish va boshqalar),

- faoliyat yurituvchi advokatlar, advokatlik byurolari, firmalari, advokatlar hayʼatlari ro‘yxati;

- nodavlat notijorat tashkilotlar ro‘yxati;

- doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlari reyestri;

- diniy tashkilotlar reyestri;

FHDYO maʼlumotlarini olish;

- Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslarning davlat reyestri haqida maʼlumot ham mavjud.

 

Shuningdek, mazkur mobil ilova foydalanuvchi real vaqt davomida davlat xizmatlari markazlarigacha bo‘lgan masofani, yetib borishga ketadigan vaqtni va elektron navbat raqamini aniqlash, davlat xizmatlarini olishda markazlardagi navbatlarni hisobga olgan holda “eng qisqa yo‘lni” tanlash imkonini beradi. Bundan tashqari, mobil ilovada “Kontrafaktsiz hudud” topografik xarita ham mavjud bo‘ladi. Ushbu xarita ishlab chiqilishi aholiga aynan qaysi hududlarda, qaysi magazinlarda kontrafakt mahsulotlar sotilishi, qaysilarida esa sotilmasligi uyida o‘tirgan holda bilib, o‘z tanlovi asosida xaridni amalga oshirishiga zamin yaratadi.

 

Mobil ilovada adliya vazirligi huzuridan Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti haqida ham maʼlumotlar olish mumkin bo‘ladi.

 

“Adliya mobile” mobil ilovasini “Android” va “iOS” operatsion tizimlari uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan. Foydalanuvchilar ilovani “Play Market” va “App Store” servislari orqali bepul va oson tarzda yuklab ishlatishlari mumkin. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ilovadagi maʼlumotlar 3 ta tilda (rus, ingliz va o‘zbek (kiril va lotim alifbolarida)) kiritib boriladi.

 

Hozirda ushbu mobil ilovani yana-da takomillashtirish bo‘yicha ishlar ketmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика