Dubay–Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan uch nafar fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda yirik miqdordagi taqinchoqlarni yashirin olib o‘tishga uringani fosh etildi.
Bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi davomida fuqaro tomonidan hech qanday zargarlik buyumlari borligi aytilmagan. Biroq tekshiruv jarayonida ularning bagajidan va shaxsiy buyumlaridan qariyb 1 milliard so‘mlik qimmatbaho taqinchoqlar aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, bu bojxona qoidalarini buzish bo‘yicha jiddiy qonunbuzarlik hisoblanadi.


