Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati afg‘on ayollari bo‘yicha bayonot berdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, afg‘onistonlik xotin-qizlar siyosiy o‘yinlarda piyoda rolini o‘ynamoqda. Uning qayd etishicha, har kuni dunyo davlatlari toliblarni ayollar uchun maktab va OTMlarni ochishga chaqiradi. “Tolibon” esa bu mamlakatning ichki ishi ekanini aytib keladi.
“Tolibon” vakili Abdul Kabir harakat nomidan afg‘on ayollarini 8-mart bilan tabrikladi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayollar jamiyatning muhim ikki qanotidan biri hisoblanadi.
“Toliblar Respublikadan farqli o‘laroq, ayollardan turli loyihalarga pul olish uchun jahon hamjamiyatini aldashda foydalanmoqchi emas”, – degan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari.
U “Tolibon” xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka va majburan turmushga berishga qarshi ekanini taʼkidlagan.


