1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘on musiqachi ayollar mamlakatni tark eta olmadi

Afg‘oniston ayollar orkestri Kobulda evakuatsiya qilinmasdan qolib ketgan. Bu haqda “Wal Street Journal” xabar berdi.

Afg‘on musiqachi ayollar mamlakatni tark eta olmadi

 

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, “Zuhra orkestri” nomini olgan afg‘on ayollaridan iborat jamoaga ko‘plab amerikalik davlat va jamoat arboblari yordam ko‘rsatgan. Sozanda ayollar va ularning oila aʼzolari avtobusga o‘tqazilgan hamda aeroportgacha olib kelingan.

 

Ammo Kobul xalqaro aeroportida ular nazorat punktida to‘xtatilgan. Jamoa aeroport ichkarisiga kiritilmagan. Bunga sabab - post boshlig‘i ruxsati kerak bo‘lgan. U bu paytda uxlayotgani uchun askarlar boshliqni uyg‘otishga jurʼat qilolmagan.

 

Oqibatda ayollar orkestri va ularning oila aʼzolari Kobulda qolib ketgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: toliblar avgust oyida hukumat kuchlariga qarshi hujumlarni kuchaytirdi. 15-avgust kuni Kobul shahri jangsiz egallandi. 31-avgust kuni AQSHning so‘nggi qismlari Afg‘onistonni tark etdi. Shundan keyin Kobul aeroporti nazorati ham “Tolibon” qo‘liga o‘tgan.

 

6-sentabr kuni mamlakatda toliblar egallamagan so‘nggi viloyat - Panjsher ham bosib olindi. Ammo hozirda qarshilik kuchlari  bilan janglar davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval NATO Bosh kotibi Afg‘oniston hukumati qulashining asosiy sababini maʼlum qilgan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика