40 yildan ortiq davom etayotgan fuqarolar urushi Afg‘onistonni xalqaro terrorizmning asosiy bazalaridan biriga aylantirdi, mamlakat dunyoga giyohvand moddalarning katta qismini yetkazib beruvchiga aylandi.
Lekin Afg‘oniston o‘tgan asrning 50-60-yillarida dunyoning eng tinch davlatlaridan bo‘lgan. O‘sha paytda Afg‘onistonni shoh Muhammad Zohir Shoh boshqarar, u dunyoning barcha yetakchi davlatlari bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan edi. Natijada Afg‘onistonda asta-sekinlik modernizatsiya amalga oshirila boshlandi. Zamon.uz Afg‘oniston eng farovon va tinch yillarida olingan fotosuratlarni taqdim etadi.
Afg‘oniston Moliya vazirligi zamonaviy binosi, 1966 yil
Bag‘lon viloyatida joylashgan Karkar komir koniga kirish.Afg‘onistonda bir paytlar sanoat ishlab chiqarishi ham yo‘lga qo‘yilgan edi. Karkar koni butun Kobulni ko‘mir bilan taʼminlagan
Kobul bozoridagi do‘konlardan biri
Afg‘onistonga AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauerning tashrifi. 1959 yil, 9 dekabr. Eyzenxauerni kutib olish uchun Kobul aholisi ko‘chaga chiqqandi
Kobul universiteti tibbiyot fakulteti talabalari professor (o‘ng tomondan)ni tinglashmoqda. Fuqarolar urushi ayniqsa Afg‘onistonda xotin-qizlar huquqi sohasining chuqur inqiroziga sabab bo‘ldi, 1962 yil
Kobulning markaziy ko‘chalaridan biri
Afg‘on erkaklari choy ustida, 60 yillar
Kobul-Hirot shossesi. Ushbu yo‘l Kobulni Eronning Mashhad shahri bilan bog‘lagan. Hozirda to‘la vayrona holatiga kelgan
Muhammad zohirshoh o‘z limuzinida Kobul markaziy ko‘chasida ketmoqda. Zohirshoh 1973-yilgi to‘ntarish natijasida taxtdan voz kechadi va 2002-yilgacha Rimda yashaydi. faqatgina 2002-yil Kobulga qaytib keladi va shu yerda 2007-yil vafot etadi

Afg‘on olimlari ish ustida. Kobul vaksina ishlab chiqarish tadqiqot markazi, 60-yillar

Afg‘oniston harbiylari paradda
Fuqarolar urushi Afg‘onistonning qiyofasini, uning xalqaro imidjini o‘zgartirib yubordi. Bir paytlar gullab-yashnagan davlat xarobalarga to‘lib ketdi. Ana shu qonli urushni to‘xtatish, Afg‘onistonni yana tinch, rivojlanish yo‘liga qaytarish hanuzgacha zamonamizning muhim muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda.


