
Bunga hukumat aʼzolarining asosan pushtunlardan iboratligi asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. “Tolibon” tomonidan hokimiyatning monopollashuvi Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga olib kelmaydi. Balki mamlakatdagi inqirozni chuqurlashtiradi hamda o‘nglab bo‘lmas oqibatlarga olib keladi”, - deyiladi bayonotda.
Partiya mavjud vaziyatdan chiqish borasida bir qancha takliflar bergan. Buning uchun, eng avvalo, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlar ishtirokida Afg‘onistonda inklyuziv demokratiyani shakllantirishning yo‘l xaritasini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlangan. Shu bilan birga ijtimoiy adolatni taʼminlash va asosiy huquqlarni himoya qilish muhimligi qayd etilgan.
Partiya xalqaro hamjamiyat yangi hukumatni tan olmasliligiga umid bildirgan. Chunki unda Afg‘onistondagi barcha etnik va diniy guruhlar manfaati hisobga olinmagan.
7 sentyabr kuni “Tolibon” Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qildi. Uning barcha aʼzolari toliblardan iborat. Harakat rasmiy vakili Zabihullo Mujohid bu vaqtinchalik hukumat ekanini maʼlum qilgan.
Jahongir Qo‘ziyev


