1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Afg‘oniston ko‘mirni endi Pokistonga emas, O‘zbekistonga eksport qiladi — Tolibon

“Tolibon” harakatining Balx viloyati hokimi matbuot kotibi Hoji Zaid Afg‘oniston va O‘zbekiston bilan muhim savdo kelishuvlari imzolanganini ma’lum qildi.

Afg‘oniston ko‘mirni endi Pokistonga emas, O‘zbekistonga eksport qiladi — Tolibon

Uning aytishicha, ushbu kelishuvga muvofiq, Afg‘oniston ko‘miri Pokiston o‘rniga endilikda O‘zbekistonga eksport qiladi. O‘zbekiston ham Afg‘onistonga yuqori sifatli sement va dori-darmon mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirilgan, Bu haqda Afganistan International xabar qildi.

 

Chegara punktlarining yopilishi va Pokiston bilan savdoning uzilishi “Tolibon”ni qo‘shni va mintaqaviy davlatlar, xususan, Eron va O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini kuchaytirishga undamoqda.

 

“Tolibon” rasmiylari bundan oldin Afg‘onistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari O‘zbekiston havo yo‘li orqali Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga eksport qilinishini ham e’lon qilgan edi.

 

“Tolibon”ning iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari tadbirkorlarni savdo va tranzit uchun muqobil yo‘llarni izlashga chaqirgan.

 

Ayni paytda, Moliya vazirligi Pokiston bilan savdo aloqalarining uzilishi Afg‘oniston savdosiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaganini va bojxona tushumlari kamaymaganini ta’kidlagan. Vazirlik muqobil kanallar orqali savdo aloqalarini mustahkamlashda tadbirkorlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

 

Kobul va Islomobod o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi ortidan Torxam chegara punktining yopilishi oktyabr oyida Afg‘oniston va Pokiston savdosiga hamda iqtisodiyotiga 4,5 milliard dollardan ortiq zarar yetkazganini qayd etilgan.

 

                                                                                                                                                      Shohjahon Majidov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика