1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini sabab yuvilib ketdi

Afg‘oniston tomoni chegaralar yangi strategiya bo‘yicha qayta tiklanishini maʼlum qildi.

Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini sabab yuvilib ketdi

Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketgan va u qaytadan aniqlanadi. Bu haqida Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vaziri vazifasini bajaruvchi Abdullatif Mansur maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqini tufayli noaniq bo‘lgan Afg‘oniston bilan Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi chegaralarni belgilash yangi strategiya bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Abdullatif Mansurning aytishicha, Afg‘oniston rahbari ko‘rsatmalari asosida tuzilgan reja Ichki ishlar, Mudofaa vazirligi, Razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

 

"Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarimiz suv toshqinlari tufayli yuvilib ketdi. Muhimi shundaki, biz o‘tmish chegaralarini belgilash bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz va yigirma kun avval bu masalani Afg‘oniston rahbari bilan muhokama qildik", — dedi u.

 

Vazir chegaralarni tiklash bo‘yicha yangi strategiya qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.

 

Shu bilan birga, Mansur Afg‘onistonning suv boshqaruvi va energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini taʼkidlab, bu borada yirik to‘g‘onlarni qurish, suv, shamol va quyosh resurslaridan foydalanish orqali o‘zini o‘zi taʼminlashga erishishni maqsad qilganini aytdi.

 

Shuningdek, Afg‘oniston rasmiysi suv resurslarini boshqarish qo‘shni davlatlarga zarar keltirmasligini taʼkidladi.

 

"Bizning hech bir harakatimiz qo‘shnilarimizga zarar yetkazishga qaratilmagan va biz qo‘shnilarimizga zarar yetkazish uchun o‘zimizga tegishli ulushdan ko‘proq suv sarflaganimiz yo‘q va shunday qilish niyatimiz ham yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi Energetika va suv resurslari vazirligining katta maslahatchisi Faruq Aʼzam.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика