1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda 1.2 million xotin-qizlarning taʼlim olish huquqi cheklangan

BMT bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Afg‘onistonda 1.2 million xotin-qizlarning taʼlim olish huquqi cheklangan

 

Afg‘onistonda ayollar boshchilik qiladigan oilalarning 90 foizi ochlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda BMTning Inson xuquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet maʼlum qildi.

 

Bachelet afg‘on ayollari duch kelayotgan qator muammolarni sanab o‘tdi. Jumladan, ayol huquq himoyachilari doimiy hujumlarga uchramoqda, xotin-qizlar orasida ommaviy ishsizlik avj olgan, harakatlanish erkinligi cheklangan, ayollarga tegishli yoki ularning boshqaruvidagi korxonalarning katta qismi yopilgan.

 

Afg‘on xotin-qizlarining taʼlim olish huquqi taqiqlanishi oqibatida ularning 1.2 millioni taʼlimdan tashqarida qolmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика