Tolibon Afg‘onistondagi barcha sartaroshxonalar va go‘zallik salonlarini yopishni buyurdi. Mamlakat rasmiylari biznesni to'xtatish uchun egalariga bir oy vaqt berdi. Bu haqda BBC Afg‘onistondagi Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi vakiliga tayanib, xabar bermoqda.
"Afg‘oniston sartaroshlari va go‘zallik salonlari qaror haqida birinchi bo‘lib 2-iyuldan boshlab xabardor bo‘lgan. Ular taqiqni bajarishlari uchun bir oy muddat bor", — dedi vazirlik rasmiysi.
BBC ma'lumotlariga ko'ra, Tolibon hukumati taqiqqa nima turtki bo'lganini va salonlar yopilgandan keyin ayollar uchun qanday muqobil variantlar mavjud bo'lishini tushuntirmagan. OAV xabarlari poytaxt Kobuldagi sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari allaqachon yopila boshlaganini ko'rsatdi.
“Tolibon afg‘on ayollarini eng oddiy inson huquqlaridan mahrum qilmoqda. Bu qaror bilan ular ayollarning boshqa ayollar bilan ishlash imkoniyatini tortib olishadi. Bu xabarni eshitib, men butunlay hayratda qoldim. Ko'rinib turibdiki, "Tolibon"ning ayol tanasiga e'tibor qaratishdan boshqa siyosiy rejasi yo'q. Ular ijtimoiy hayotning barcha darajalarida ayollarni yo'q qilishga harakat qilmoqdalar ”, — dedi afg'on ayol BBCga anonim ravishda.


