1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda narkotik ishlab chiqarish qisqardi?

“Tolibon”ning daʼvolariga Eron rasmiysi javob qaytardi.

Afg‘onistonda narkotik ishlab chiqarish qisqardi?

Tolibonning Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish qisqargani va to‘xtagani haqidagi daʼvolari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqida Eronning narkotiklarga qarshi kurashish politsiyasi rahbari Iraj Kakavand maʼlum qildi

 

Eron rasmiysiga ko‘ra, mamlakatda 2023-yil va 2024-yilning dastlabki to‘rt oyida 662 tonnadan ortiq narkotik moddalar topilgan. Kakavand ushbu statistik maʼlumotlarga asoslanib, “Tolibon” daʼvolari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

 

“Eron Afg‘onistondan narkotik moddalar kontrabandasi va tranziti sezilarli darajada qisqarganiga hali guvoh bo‘lmadi”, — deya taʼkidladi u.

 

Eron rasmiysi Moskvada bo‘lib o‘tgan BRIKSning narkotiklarga qarshi kurash bo‘yicha maxsus guruhi yig‘ilishida shunday bayonot bergan. U Eronning BRIKSga aʼzo davlatlar bilan turli sohalarda, jumladan, narkotiklarga qarshi kurashda axborot va tajriba almashishda hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика