1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda ommaviy qatl marosimini 80 mingga yaqin kishi tomosha qildi

“Tolibon” Xostdagi stadionda o‘lim jazosini ijro etdi; xalqaro tashkilotlar esa jarayonni keskin tanqid qilmoqda.

Afg‘onistonda ommaviy qatl marosimini 80 mingga yaqin kishi tomosha qildi

Afg‘onistonning Xost provinsiyasida “Tolibon” hukumati navbatdagi o‘lim jazosini ijro etdi. Mahalliy hokimiyatning ma’lumotiga ko‘ra, provinsiya markaziy stadionida o‘tkazilgan marosimni 80 mingga yaqin odam kuzatgan. Xabar qilinishicha, aholi tadbirga oldindan taklif qilingan, biroq stadionga smartfon olib kirishga qat’iy taqiq qo‘yilgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, oliy sud qasddan odam o‘ldirishda ayblangan shaxsga berilgan hukmni bir necha bosqichda ko‘rib chiqib tasdiqlagan, keyinchalik esa u “Tolibon” yetakchisi tomonidan ma’qullangan. Marhumning oilasi ayblanuvchini kechirish taklifini rad etgani sababli hukm ijro etilgan. Mazkur ish doirasida yana ikki kishi ham o‘lim jazosiga hukm qilingan, biroq huquqiy jarayon yakunlanmagani bois ular bo‘yicha hukm ijro etilmagan.

 

BMT hamda inson huquqlari tashkilotlari Afg‘onistonda o‘lim jazosining davom ettirilishini muntazam tanqid qilib keladi. Ular “Tolibon”ning sud tizimi xalqaro standartlarga mos emasligini, sud jarayonlarida advokat yollash imkoniyati cheklanganini ta’kidlaydi. Tanqidchilarga ko‘ra, ommaviy qatl marosimlariga odamlarni jalb etish aholi orasida qo‘rquv va bosim kuchayishiga olib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика