1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonda o‘zbek qurilish materiallari savdo uyi ochiladi

U 500 kvadrat metr omborxonadan iborat bo‘ladi.

Afg‘onistonda o‘zbek qurilish materiallari savdo uyi ochiladi

Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun maxsus savdo uyi tashkil etiladi. Bu markaz 570 kvadrat metr shourum va 500 kvadrat metr omborxonadan iborat bo‘lib, tadbirkorlarga mahsulotlarini qulay shartlarda namoyish etish imkoniyatini beradi. 

 

Mozori Sharif shahrida ham shunga o‘xshash savdo uyi mart oyida ochilgan edi. Bu savdo uylari O‘zbekiston mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga chiqarish va yangi hamkorlar topish uchun muhim platforma hisoblanadi.

 

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda ikki davlat rasmiylari orasida aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика