Afg‘oniston Taʼlim vazirligining taʼlim muassasalariga yo‘llagan maktubida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga qizlarni qo‘ymaslik buyurilgan.
“Oliy taʼlim vazirligi barcha xususiy oliy o‘quv yurtlari va taʼlim muassasalariga qizlarning kirish imtihonlariga qo‘ymaslik to‘g‘risida buyruq berdi”, — deyiladi boshqarmadagi manba xabarida.
Mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri Tolibon ayollarning oliy va o‘rta taʼlim olish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tizimli ish olib borishda davom etmoqda.
2021-yil avgust oyida hokimiyatga kelgan Tolibon ayollar huquqlarini himoya qilishga vaʼda bergandi. BMT Tolibondan vaʼdasini bajararishini talab qilmoqda.


