Afg'onistonda 19-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:26 da kuzatilgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgani haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi maʼlum qildi.
Afg'onistondagi zilzila magnitudasi 5,4 ball bo‘lgan. Epitsentr markazi Toshkentdan 512 kilometr janubiy-sharqda qayd qilingan. O‘zbekiston hududida zilzila kuchi:
- Surxandaryo viloyatida 3 ball;
- Samarqand viloyatida 2-3 ball;
- Jizzax viloyatida 2-3 ball;
- Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball;
- Sirdaryo viloyatida 2-3 ball;
- Farg'ona viloyatida 2-3 ball;
- Andijon viloyatida 2 ball;
- Namangan viloyatida 2 ball;
- Toshkent shahrida 2 ball.


