1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi — Norov

O‘zbekiston bosh diplomati afg‘on muammosiga dunyo eʼtibori pasayganini qayd etgan.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi — Norov

 

Yevroosiyo mintaqasining strategik taraqqiyoti Afg‘oniston muammosining hal etilishiga bog‘liq. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov “RIA Novosti”ga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

 

Norov ushbu masalasiga dunyo eʼtibori susayganini qayd etgan. U afg‘on xalqi gumanitar halokat bilan yakkama yakka qolgan taqdirda katta fojiaga sabab bo‘lishi, qochqinlarning yangi oqimi shakllanishi, narkotahdidlar kuchayishi va terrorizm avj olishidan ogohlantirgan.

 

Diplomat Afg‘onistondagi vaziyatning barqarorlashishi, mustahkam tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish shartlari o‘rnatilishi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini eslatib o‘tgan.

 

Avvalroq TIV rahbarining Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика