1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistondagi qozoqlar Toqayevdan vatanlariga qaytishda yordam so‘ramoqda

200–300 qozoq oilasi xavfsizlik va ijtimoiy qiyinchiliklar sababli Qozog‘iston Prezidentiga murojaat qildi.

Afg‘onistondagi qozoqlar Toqayevdan vatanlariga qaytishda yordam so‘ramoqda

Afg‘onistonda yashovchi qozoq jamoasi Qozog‘iston Prezidentiga murojaat qilib, ularni vatanlariga qaytarishda yordam so‘radi.

 

Orda.kz xabariga ko‘ra, afg‘on qozoqlari mamlakatdagi og‘ir ijtimoiy va xavfsizlik sharoitidan xavotirda. Tolibon hukmronligi ostidagi iqtisodiy qiyinchiliklar, ta’lim va madaniy sohalardagi cheklovlar, shuningdek, Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlar ularning hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.

 

Afg‘oniston Qozoq Madaniy Markazi raisi Hoji Asat Oymauytning bildirishicha, mamlakatda 200–300 ga yaqin qozoq oilasi istiqomat qiladi. Qozoqlar tarixiy til, urf-odat va milliy o‘zligini saqlab qolgan bo‘lsa-da, ular xavfsiz va tinch yashash imkoniyatidan mahrum. Shu sababli, ular Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi va shaxsan Prezident Qosim-Jomart Toqayevdan tarixiy vatanlariga ko‘chib o‘tishda yordam so‘rashgan.

 

Ular o‘z murojaatida tinchliksevar, mehnatkash va vatanparvar ekanliklarini ta’kidlab, Qozog‘istonda yashash va mamlakat farovonligiga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика