18-aprel kuni soat 20:15 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila ta’siri O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.
Episentrdagi zilzila magnitudasi — 5,2. Chuqurligi esa 120 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila episentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 191 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyatida 2 ball, 125 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 162 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 163 km.
Sirdaryo viloyatida 2 ball, 189 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 190 km.


