1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun O‘zbekistonga keldi

2022 yilda yana 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik Termizga keladi.

Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun O‘zbekistonga keldi

Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun Surxondaryo viloyati Termiz shahriga yetib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik.

 

Qayd etilishicha, Afg‘oniston uchun mutaxassislar tayyorlaydigan Termiz taʼlim o‘quv markazi direktori Oybek Ro‘ziyev maʼlumotni tasdiqlagan.

 

«Afg‘onistondan 134 nafar talaba o‘qishini davom ettirish uchun keldi. Kayfiyati aʼlo. Taʼtildan so‘ng o‘qishlar boshlanadi», — degan u.

 

Termizda afg‘onistonliklar ikki mutaxassislik — o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi va temir yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasi yo‘nalishlarida tahsil oladi. O‘qish puli paritet asosida to‘lanadi.

 

2021 yilgi o‘quv mavsumida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat keskinlashuvi sabab birinchi kurs talabalari o‘qishga qabul qilinmagandi. Lekin hozirda O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiylari o‘rtasida kelishuvga erishilgan va 2022 yilda yana 100 nafarga yaqin afg‘onistonlik Termizga keladi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика