O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. Bu mamlakatda ro‘y bergan zilzila oqibatida jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirildi.
74 tonna yuk ortilgan samolyot Afg‘onistonga jo‘nab ketdi. Unda oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlar jamlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda zilzila qurbonlari soni mingga yaqinlashgani xabar qilingandi.


