Avvalroq Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli 1 fevraldan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi maʼlum qilingandi. [https://www.facebook.com/100064098396535/posts/pfbid026csAyKf3FRkeut4YKb8jhMKJBTLbanvQAJX8inRQ3U7CgF367i6RD8LY7XVrvseel/?mibextid=cr9u03] “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mazkur holatga izoh berdi. [https://www.facebook.com/100064098396535/posts/pfbid02v5qVKarSdQmt25fUtJMAH8BzXrbKuKoNJxc47sjUuPsU9whP1ArTuyaZEsWdciTPl/?mibextid=cr9u03] Qayd etilishicha, 2022 yil dekabrda Afg‘onistonning maxsus komissiyasi bilan ko‘rib chiqilib, kelishilgan yangi shartnoma shartlari Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari tomonidan yangitdan sharhlanmoqda. Bunda OAV orqali o‘zbek tomonini ayblashga harakat qilinayotgani hamda kelishilgan xizmat qiymatlarini boshqacha talqin qilib o‘zini oqlash uchun foydalanilayotgani tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Takidlanishicha, Xayraton stansiyasida amalga oshirishi lozim bo‘lgan texnik ishlarning o‘zlari tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilmagani bo‘yicha Afg‘oniston tarafdan hech qanday tushuntirish berilmayapti. Avvalroq Xayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni bo‘shatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi “Mansor Fateh” kompaniyasini bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida maʼlumot tarqatilgandi. Ushbu tashkilot 31-yanvarga qadar Xayraton stansiyasida kelishilgan muddatda ishlarni tashkillishtirishga ulgurmagan. Bundan tashqari, “Sogdiana trans” SHK tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaqtinchalik avtomobil transporti orqali yuklar tashuvini tashkillashtirishda yordam berishiga qaramay, qo‘shni davlat tomoni tadbirkorlarga yuklarni avtomobil transporti orqali tashimaslik to‘g‘risida tavsiya berayotgani haqida maʼlumotlar kelmoqda. Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga ko‘ra, keyingi hafta boshida Termiz shahrida Afg‘onistonga temiryo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Xayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha “Sogdiana trans” SHK va Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi o‘rtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda. “Shartnoma imzolangan kundan boshlab G‘alaba – Xayraton temiryo‘li ochilishi haqidagi yangiliklarni maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.