
“Maʼlum vaqtdan so‘ng biz barcha qirg‘izlarni ko‘chirib kelamiz”, – degan Japarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular uchun mamlakat hududida alohida uy-joy quriladi. “Tez orada bunday uylar yasaydigan korxona ishga tushadi va biz Afg‘onistondagi barcha qirg‘izlarni olib kelamiz”, – deb aytgan Qirg‘iziston yetakchisi.
Turli maʼlumotlarga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonda 3-4 ming atrofida etnik qirg‘izlar istiqomat qiladi. Ular asosan Katta va Kichik Pomir hududida yashaydi. Bishkek sentyabrda ular uchun gumanitar yordam yuborgan.
Bundan avval AQSH Afg‘oniston yo‘nalishidagi siyosatni qayta ko‘rib chiqmoqchiligi hamda ISHIDni Afg‘oniston xalqi qo‘llab-quvvatlamasligi xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev


