1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonning AQSHdagi elchisi lavozimidan ketdi

Vashington unga bosim o‘tkazgani aytilmoqda.

Afg‘onistonning AQSHdagi elchisi lavozimidan ketdi

 

Afg‘onistonning AQSHdagi elchisi isteʼfoga chiqdi. Bu haqda ‘Sputnik Afganistan” xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, Odil Roz Turkmaniston, Xitoy va Erondagi elchilardan so‘ng isteʼfoga chiqqan to‘rtinchi diplomat bo‘ldi. Ayrim maʼlumotlarga asosan, uning bu lavozimni tark etishida AQSH o‘tkazgan bosim sabab bo‘lgan. xususan, AQSH davlat departamenti elchixona xodimlaridan siyosiy va konsullik faoliyatini to‘xtatishni talab qilgan. Shuningdek, ularning diplomatik maqomi hamda immuniteti 30 kundan keyin bekor qilinishi aytilgan.

 

Odil Rozga dahlsizlikni saqlab qolish taklif qilingan, ammo u buni rad etgan. Bundan tashqari elchi davlat departamentidan Afg‘oniston Islom Respublikasi bayrog‘ini elchixonadan tushirmaslikni talab qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston nima uchun “Tolibon”ni tan olmayotgani maʼlum qilingandi. 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика