1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida yana otishma sodir bo‘ldi

Bu haqda "TАСС" "Afghanistan International" gazetasi maʼlumotlariga tayanib maʼlum qildi.

Afg‘onistonning Jalolobod shahrida yana otishma sodir bo‘ldi

 

 

Otishma oqibatida eng kamida 5 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Uning sababi maʼlum qilinmagan. Qayd etilishicha, bir guruh nomaʼlum shaxslar Jalolobod tumanlaridan birida otishma uyushtirgan. Hodisa haqida batafsil maʼlumot berilmagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Jalolobod Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Nangarhor viloyati markazi hisoblanadi. Viloyat Pokiston bilan chegaraga yaqin. Shahar Afg'oniston markaziga tovarlar yetkazib beruvchi asosiy “darvoza”lardan biri. Bu yerda so‘nggi kunlarda turli teraktlar yuz bermoqda. Xususan, 25-sentabr kuni shaharda portlash sodir bo‘lgan. Uni ISHID uyushtirganligi maʼlum qilingan.

 

Bundan avval Turkmaniston Prezidenti Afg‘onistonda qaysi omil barqarorlikni taʼminlashi haqida aytib o‘tgandi.  Shuningdek, ISHID toliblarning 17 nafar askarini o‘ldirgani xabar qilingan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика