1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Afrosiyob" poyezdi temiryo‘l xodimini urib ketdi

Holat Samarqand viloyatida yuz bergan.

"Afrosiyob" poyezdi temiryo‘l xodimini urib ketdi

 

Shu yilning 27-dekabr kuni "Afrosiyob" elektropoyezdi yo‘l sozlovchisini bosib ketdi.

 

Ma’lum qilinishicha, "Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK ga qarashli Juma-Kattaqo‘rg‘on temir yo‘l bekatlar oralig‘ida tezyurar "Afrosiyob" elektropoyezdi mashinisti tomonidan berilgan kamchilikni bartaraf etish maqsadida ish rahbari va 9 nafar yo‘l sozlovchilar birgalikda ta’mirlash ishlarini amalga oshirishgan.

 

Temir yo‘l izi ichidan brigada oldiga qaytayotgan yo‘l sozlovchisi M. Sh. yo‘l brigadirining ogohlantirish ishoralariga e’tibor bermagan hamda "Afrosiyob" elektropoyezdi mashinisti tomonidan berilgan ogohlantirish signalini ham eshitmagan. Oqibatda Toshkent-Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan 770-sonli "Afrosiyob" elektropoyezdi yo‘l sozlovchisini urib ketgan va u voqea joyida vafot etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика