Argentinalik marhum futbolchi Diyego Maradona 30 yil deganda oqlandi. Unga Italiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ishi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan edi.
Futbolchi advokatining maʼlumotlariga ko‘ra, oliy sud marhum futbolchida soliqdan bo‘yin tovlash jinoyati yo‘qligini tan oldi va Italiya soliq organlari bilan yuzaga kelgan janjal tugatildi.
Argentinalik futbolchi tiriklik vaqtida ushbu ayblov sabab Italiyaga bir muddat kira olmagan, chunki uning mulklarini musodara qilish va hatto qamoq jazosi bilan tahdid qilishgan edi.


