
Bu haqda Chusovitina Instagramdagi sahifasida saylov oldi posterini joylagach maʼlum bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, XOQ sport komissiyasi Olimpiya o‘yinlarida sportchilar manfaatini himoya qiladi. U sportchilar va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini bog‘lab turuvchi o‘ziga xos ko‘prik hisoblanadi.
Komissiya aʼzolari Olimpiyada sport dasturi, o‘yinlar o‘tkaziladigan shaharlar holatini baholaydi va Olimpiya o‘yinlarini tashkil etilishini nazorat qiladi.
Komissiyaga saylov Olimpiya o‘yinlari davomida o‘tkaziladi, ularning 4 tasi yozgi va 2 nafari qishgi olimpiya o‘yinlariga saylanadi.


