1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Aholidan jadidlarga tegishli materiallar xarid qilinadi

Ular Buxoro shahrida tashkil etiladigan Jadidlar merosi davlat muzeyiga joylashtiriladi.

Aholidan jadidlarga tegishli materiallar xarid qilinadi

 

"Milliy merosga mening hissam" umumxalq aksiyasi doirasida aholidan jadidlik harakatiga oid tarixiy materiallar, ashyolar, noyob suratlar Muzey uchun xarid qilinadi.

 

Bu haqda "Jadidlar merosi davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida"gi Prezident qarorida qayd etilgan.

 

Aholidan yig‘ilgan ashyolar yuqoridagi qaror bilan Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida tashkil etiladigan Jadidlar merosi davlat muzeyiga joylashtiriladi. Shuningdek, jadidlik harakatiga oid mamlakatimiz va xorijdagi turli manbalar va tarixiy hujjatlarni aniqlash, to‘plash, saqlash, o‘rganish, tiklash, nusxalash, e’lon qilish, ular asosida Muzey fondini boyitib borish va ekspozisiyalarni yaratish, shuningdek, madaniy-ma’rifiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish Muzey faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика