1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha majburiy topshiriq bergan hokimliklar ogohlantirildi

Mehnat inspeksiyasi ta’kidlashicha, xodimni uning roziligisiz, bosim yoki topshiriq asosida ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish majburiy mehnat hisoblanadi.

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha majburiy topshiriq bergan hokimliklar ogohlantirildi

 

 

O‘zbekistonda ayrim mahalliy hokimliklar tomonidan xodimlarni aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga ish vaqtidan tashqari majburan jalb etish holatlari aniqlandi. Mehnat inspeksiyasi bu kabi amaliyotlar “majburiy topshiriq” nomi ostida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

 

Tekshiruvlar natijasida Buxoro shahri, Oltinko‘l, Asaka va Marhamat tumanlari hokimliklariga rasmiy ogohlantirishlar yuborildi. Shuningdek, Andijon viloyati hokimligiga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

 

Mehnat inspeksiyasi ta’kidlashicha, xodimni uning roziligisiz, bosim yoki topshiriq asosida ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish majburiy mehnat hisoblanadi va bu qonunchilikka zid. Ayniqsa, bunday holatlar davlat organlari tomonidan sodir etilayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

 

Inspeksiya ish vaqtidan tashqari mehnat faqat xodimning ixtiyoriy roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligini, buning uchun esa Mehnat kodeksining 262-moddasiga muvofiq haq to‘lanishi shart ekanini eslatdi. Qonunga ko‘ra, dastlabki ikki soat kamida 1,5 baravar, undan ortiq soatlar esa kamida 2 baravar miqdorda haq to‘lanishi lozim.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика