1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi 4-fevraldan boshlanadi

Registratorlar xonadonma-xonadon yurib, maʼlumotlarni elektron tizimga kiritadi.

Aholini ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi 4-fevraldan boshlanadi

 

2026 yilning 4–28 fevral kunlari aholini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Ushbu bosqich doirasida ro‘yxatga oluvchilar — mahalla vakillari tomonidan xonadonma-xonadon yurish orqali maʼlumotlar yig‘iladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ro‘yxatga olish jarayonida fuqarolar haqidagi maʼlumotlar planshet qurilmalari yordamida bevosita elektron tizimga kiritiladi. Bu maʼlumotlarning aniqligi va tezkor qayd etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Fuqarolardan xavfsizlik choralariga jiddiy eʼtibor qaratish so‘raladi. Agar xonadoningizga kelgan shaxs ro‘yxatga oluvchi ekanligiga nisbatan shubha tug‘ilsa, undan xizmat guvohnomasini (beydjik) ko‘rsatishni talab qilish tavsiya etiladi.

 

Xizmat guvohnomasida joylashtirilgan QR-kod orqali regenerator (registrator) haqidagi maʼlumotlarni tekshirish mumkin bo‘lib, ushbu maʼlumotlar yagona elektron bazaga kiritilgan. Shuningdek, 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan kol-markazga qo‘ng‘iroq qilib, registrator to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot olish mumkin.

 

Qayd etilishicha, birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan ayrim fuqarolar xonadoniga ham registratorlar tashrif buyurishi mumkin. Bu holat odatda onlayn anketa to‘ldirilishida xatolik yoki yetishmovchiliklar aniqlangani bilan bog‘liq bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика