1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Air Arabia” O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

2023-yilda aviakompaniyaning Abu Dabidagi tayanch aeroporti ixtiyoridagi samolyotlar 7 taga ko‘payishi kutilmoqda.

“Air Arabia” O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

 

Birlashgan Arab Amirliklar loukosteri “Air Arabia” O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yish niyatida. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar qildi.

 

Vazirlik vakillari yangi yo‘nalishlarda qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini aviakompaniyaning tijorat menejeri Akram al Ismoil bilan muhokama qilishgan. Uchrashuv BAAning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan.

 

Mehmonlar Samarqand yoki Buxoroga parvozlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini maʼlum qilishdi.

 

2023-yilda aviakompaniyaning Abu Dabidagi tayanch aeroporti ixtiyoridagi samolyotlar soni 8 tadan 15 taga ko‘payishi kutilmoqda. Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini aviaqatnov orqali BAAga eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

 

Maʼlumot o‘rnida, “Air Arabia” aviakompaniyasi asosan A-320 rusumidagi samolyotlar bilan taʼminlangan bo‘lib, Sharja shahridan Toshkent shahriga haftasiga 3 marta qatnovlarni amalga oshiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика