1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda xavfsizligini taʼminlash uchun 13 mingdan ortiq xavfsizlik xodimlari jalb etiladi

Shuningdek, hududlarda 3 318 nafar zahira kuchlari tashkil etilgan.

Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda xavfsizligini taʼminlash uchun 13 mingdan ortiq xavfsizlik xodimlari jalb etiladi

 

Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyun kuni respublika hududidagi 2 124 ta masjidlardan 2 058 tasida soat 05:00 dan 06:20 gacha hayit namozlari o‘qiladi va taxminan 2 mln 200 ming nafardan ortiq fuqarolar qatnashishi kutilmoqda.

 

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonovaning maʼlum qilishicha, Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga 10 846 nafar ichki ishlar organlari, 2 653 nafar Milliy gvardiya va 2 252 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari jalb etiladi. 

 

Xizmatda foydalanish uchun 5 849 ta aloqa vositalari, 2 059 ta avtotransport, 4 194 ta metallodetektor va 261 ta xizmat itlari ajratiladi. Bundan tashqari, hududlarda 3 318 nafar zahira kuchlari tashkil etilgan. 

 

Shuningdek, respublika hududidagi 9 480 ta musulmonlar qabristonlariga fuqarolarning tashrifi buyurishlarini inobatga olib, jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida 7 461 nafar ichki ishlar organlari, 446 nafar Milliy gvardiya va 1 895 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini jalb etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика