Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toshqulov nomzodi adliya vaziri lavozimiga maʼqullandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy. 1994 yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» unvoni sohibi.
U o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektorligidan avval adliya organlari tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2017 yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan.


