Taniqli rus aktrisasi Cho‘lpon Xamatova Rossiyani tark etdi. Bu haqda “Regnum” xabar berdi.
Aktrisa Rossiyani oilasi bilan tark etgan. U Latviyaga borgani aytilmoqda, bu yerda Xamatovaning uyi bor. U “Podari jizn” xayriya fondi asoschilaridan biri ham hisoblanadi. O‘zining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan ketganiga qaramay, fond ishlari bilan shug‘ullanishni davom ettiradi.
U vataniga hali-beri qaytish niyatida emas. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, “unga ortga qaytish kerak emasligini tushuntirishdi”.
Xamatova Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlangach, Vladimir Putindan urushni to‘xtatishni so‘rab murojaat qilgandi.
Avvalroq Rossiya GPS tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


