1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Aktyor Murod Rajabov vafot etdi

U uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 74 yoshida olamdan o‘tgan.

Aktyor Murod Rajabov vafot etdi

 

Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi maʼlum qildi.

 

Taniqli aktyor, o‘zbek kino xazinasidan joy olgan bir qator filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan sanʼatkor uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 74 yoshida vafot etgan. 

 

Murod Rajabov 1949 yilning 30 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent sanʼat institutini tamomlagan aktyor faoliyati davomida o‘zbek xalqi uchun qadrdon bo‘lib qolgan, qator kinofilmlarda suratga tushgan.

 

“Ajoyib xayolparast”, “To‘ylar muborak”, “Temir xotin”, “Temir erkak”, “Kichkina tabib”, “Ko‘zlaring mayus”, “Ulfatlar”, “Kelgindi kuyov”, “Xavfli burilish”, “Kechir”, “Super kelinchak”, “Ichkuyov”, “Kirakash” kabi filmlar shular jumlasidandir.

 

U 2008 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика