Saudiyaning "Al-Hilol" klubi braziliyalik hujumchi Neymar bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, jamoa rahbariyati futbolchi bilan shartnomani to'xtatib qo'yish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Maqsad qishki transfer oynasida xorijlik futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun joy ochish.
Eslatib o'tamiz, Neymar JCh-2026 saralashida Urugvay bilan o'yinda (0:2) jarohat olgan edi. 31 yoshli futbolchining tiklanishi kutilayotgan vaqt 10 oygacha bo'lishi mumkin. Shu tariqa Neymarning joriy mavsumda boshqa maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori.


