"Al-Nasr" Madridning “Real” klubi himoyachisi, Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolamoqchi.
Manbaga ko'ra, Saudiya klubi germaniyalik "Los-Blankos" futbolchisiga to'rt mavsum davomida 100 million yevrolik shartnoma taklif qilgan. Qayd etilishicha, futbolchi portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu to'p suradigan jamoa taklifiga hali javob berishga ulgurmagan.
Avvalroq OAVda Aymerik Laportning La Ligaga qaytishni istashi va Ispaniyaning nomi oshkor etilmagan klubi bilan shartnoma bo'yicha kelishib olgani sababli "Al-Nasr" yangi markaziy himoyachi qidirayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Ryudiger "Real" safida barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


