Albaniyada ikki nafar Rossiya fuqarosi va bir nafar ukrainalik shaxs josuslikda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda «Interfaks» nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular harbiy zavodga bostirib kirib, suratga olishga uringan va ikki nafar qo‘riqchi askarni jarohatlashgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik 23 yoshli Mixail Zorin va 33 yoshli Svetlana Timofeyeva josuslikda ayblanib, qo‘lga olingan. Hozirda ular Elbasan shahridagi polisiya bo‘limida prokuratura va armiya maxsus xizmatlari tomonidan tergov qilinmoqda.


