Sirdaryoda FIB Guliston tumanlararo sudining 2017-yildagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, fuqaro A.A. dan uch nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan edi. Biroq fuqaro alimentni o‘z vaqtida to‘lamay turli bahonalar bilan paysalga solib kelaverdi.
Tovlamachi otaning qarzdorlik 28 mln 393 ming 235 so‘mga yetgach to‘plangan hujjatlar sudga yuboriladi.
Fuqaro A.A. nisbatan maʼmuriy sud tomonidan 15 sutkalik qamoq jazosi tayinlandi. Ammo shundan ham o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmagan A.A. yana to‘lovlarni amalga oshirmay MIB xodimlaridan qochib yurdi.
Mazkur holat yuzasidan JIB Guliston shahar sudining hukmiga asosan A.A. JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli topilib, jabrlanuvchi M.T. ga 32 million 56 ming 419 so‘m miqdorida yetkazilgan zarar undirish va 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Avvalroq, Qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani hamdaaliment to‘lamagan 11 nafar ota qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


