1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Alimentdan yashiringan erkak buvisining uyidan topildi

Uning qarzdorligi 100 milliondan oshib ketgan.

Alimentdan yashiringan erkak buvisining uyidan topildi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida salkam 10 yildan beri aliment to‘lamay yashirin yurgan erkak buvisining uyidan topildi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudning 2015 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor J.A.dan undiruvchi G.R. foydasiga ikki nafar farzandi taʼminoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Ijro hujjatida aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lov qilinishi belgilangan bo‘lsada, qarzdor yashash uyidan chiqib ketib, to‘lovlarni vaqtida to‘lamagani sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Qarzdor 11 yil Rossiyada bo‘lib, qaytib kelgach G‘ijduvon tumanida buvisining xonadonida yashirinib yurgan. 

 

Boshqarmaning qidiruv sho‘basi tomonidan olib borilgan tadbirda qarzdor topilib, tegishli chora ko‘rish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan. Qarzdor otaning aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzi qayta hisob-kitob qilinganda 2024 yil holatida 130,6 million so‘mni tashkil qildi. 

 

Hozirda qarzdorga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilib, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика