1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Alisher Temirov GHWP raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

GHWP tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, xavfni baholash, sertifikatlash, bozor nazorati va sifat menejmenti bo‘yicha yagona global yondashuvlarni shakllantiruvchi nufuzli platforma bo‘lib, tarkibiga Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Malayziya va yana 30 dan ortiq mamlakatlar kiradi.

Alisher Temirov GHWP raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

 

Ayni kunlarda Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Tibbiy buyumlarni tartibga solish talablarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha global ishchi guruhi (GHWP)ning 29-yillik anjumani va Texnik qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov ham ishtirok etmoqda.

 

Ma’lumot o‘rnida, GHWP tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, xavfni baholash, sertifikatlash, bozor nazorati va sifat menejmenti bo‘yicha yagona global yondashuvlarni shakllantiruvchi nufuzli platforma bo‘lib, tarkibiga Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Singapur, Malayziya va yana 30 dan ortiq mamlakatlar kiradi. O‘zbekiston 2024-yilda to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilingan.

 

Anjumanda tibbiy jihozlarni tartibga solishning yangi global standartlari, sertifikatlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari, xavfga asoslangan yondashuvlar va bozor nazoratini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilinmoqda.

 

E’tiborlisi, GHWPning yangi rahbariyatini shakllantirish jarayonida Alisher Temirov GHWP’ning Regulyator organlari bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimiga bir ovozdan saylandi. Bu O‘zbekistonning tibbiy jihozlar sohasidagi islohotlari xalqaro miqyosda tan olinayotganining muhim belgisidir.

 

Shuningdek, 2026-yilda GHWP Texnik qo‘mita rahbarlari yig‘ilishi Toshkent shahrida o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

O‘zbekistonning GHWPdagi faolligi — tibbiy jihozlar sohasida modernizatsiya, regulyator tizimni global talablarga moslashtirish va xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha davlat siyosatining amaliy natijasidir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика