Bloomberg maʼlumotlariga ko‘ra, rossiyalik biznesmen, USM xolding asoschisi Alisher Usmonov milliarderlar indeksida dunyoning eng boy 500 kishisi reytingida pasayishda davom etmoqda.
Milliarderlar indeksining 2023-yil iyun oyi boshidagi reytingida Usmonov 91-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-iyul holatiga ko‘ra, Bloomberg uning boyligini 18,3 milliard dollar (93-o‘rin) deb baholadi.
Maʼlumot uchun, Alisher Usmonov USM xoldingning 49 foiz ulushiga egalik qiladi. Shuningdek, Usmonov 2015-yildan beri “Kommersant” nashriyotiga qarashli «Kommersant holding» MCHJning ham yagona egasi hisoblanadi.


