1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Aliyev Erdog’an bilan Netanyahuni uchrashtirolmadi

Taklifni Turkiya rad etdi.

Aliyev Erdog’an bilan Netanyahuni uchrashtirolmadi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Bokuda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on o‘rtasida uchrashuv tashkil etishga urindi. Bu haqda Isroilning "Globes" nashri xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv Netanyahu tomonidan 8-may kuni rejalashtirilgan Bokuga tashrifi chog‘ida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq Turkiya hukumati Netanyahu samolyotining o‘z havo hududidan o‘tishiga ruxsat bermagani bois, tashrif noma’lum muddatga qoldirildi.

 

Avvalroq ham Turkiya hukumati Isroil Prezidenti Isaak Gerchog‘ning Boku shahrida o‘tadigan iqlim sammitiga uchishini to‘sib qo‘ygan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика