1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Alkogol va tamakiga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi

Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Alkogol va tamakiga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi

 

2023 yil 1 avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi

 

Bunda:

 

  • ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlarga yangi namunadagi aksiz markalarini yopishtirish bilan bir vaqtda alkogol va tamaki mahsulotlariga ishlab chiqarishda (import qilishda) eski namunadagi aksiz markalaridan foydalanishga hamda ular bilan markalangan mahsulot qoldiqlarini 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi;

  • ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tashkilotlar uchun belgilangan muddatdan keyin 12 oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.

     

 

2024 yil 1 noyabrdan eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda sotilishining oldini olish choralari ko‘riladi.

 

Qarorga ko‘ra, aroq mahsulotlarini saqlash va yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil ravishda 24 oygacha etib belgilanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика