1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Allamjonov yangi darsliklar qanday modelga asoslanishini maʼlum qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov Yangi O‘zbekiston maktabining o‘quvchilari portreti qanday bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

Allamjonov yangi darsliklar qanday modelga asoslanishini maʼlum qildi

 

O‘zbekistonda yaratilayotgan zamonaviy maktab darsliklari metodikasi “4K” modeliga asoslanadi. Bu haqida prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov maʼlum qildi.

 

Bular:

1.(K) Kollaboratsiya – jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatini shakllantirish;

2.(K) Kommunikativlik – odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish;

3.(K) Kreativ fikrlash – o‘z maqsadiga erishish yo‘lida yangiliklarga qo‘l urish, noodatiy qarorlar qabul qilish, ixtirochilik ko‘nikmalarini o‘rgatish;

4.(K) Kritik fikrlash – o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish va uni ifoda etish, masalaga tanqidiy yondashish.

 

«Biz orzu va hozirda reja qilgan Yangi O‘zbekiston maktabining o‘quvchilari portreti ana shunday bo‘ladi. Hozirda 1-4 sinf uchun kompleks mahsulotlar tayyor va katta aprobatsiya — sinov tadbirlari boshlandi. Oddiy aytganda, bugun bizda aniq mahsulot tasavvuri bor», — deydi Komil Allamjonov.

 

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Prezident Administratsiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh maktab darsliklari, o‘quv rejalari va kitoblarning unga mosligi, bu sohadagi muammolar va uning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика